Statsionar Toshkent — Yotqizib davolash

ProMed klinikasi statsionarida bemorlar qulay va zamonaviy sharoitlarda, tajribali shifokorlar nazoratida 24 soat davomida davolanadi.

Statsionar sharoitlari

Klinikamiz statsionarida bemorlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Har bir palata zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan bo'lib, bemorning qulayligi va tez tiklanishi uchun optimal muhit yaratilgan.


  • Qulay palatalar: Toza, yorug' va havo almashinuvi ta'minlangan zamonaviy palatalar.
  • 24 soatlik nazorat: Shifokorlar va hamshiralar kechayu kunduz bemor holatihi nazorat qiladi.
  • Ovqatlanish: Bemorning holati va kasalligiga mos dietik ovqatlanish ta'minlanadi.
  • Operatsiyadan keyingi parvarish: Operatsiyadan keyin bemor to'liq tiklanguncha mutaxassislar nazoratida bo'ladi.

Statsionarga qachon yotish kerak?

  • Rejali yoki shoshilinch operatsiyalardan oldin va keyin
  • Og'ir kasalliklarni doimiy nazorat ostida davolash zarur bo'lganda
  • Infuzion (tomchilatib) davolash kursi o'tash kerak bo'lganda
  • Diagnostik tekshiruvlar uchun kuzatuv zarur bo'lganda

Statsionar narxi va yozilish Toshkent

Toshkentdagi kasalxona va statsionar narxi davolash muddati, palata turi va qo'shimcha xizmatlarga qarab belgilanadi. Batafsil ma'lumot va yozilish uchun aloqa markazimizga murojaat qiling.